Semedu 5-6 haftaga safdan chiqdi, u "Atletiko" va "Chelsi"ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi
Xabaringiz bor bundan avvalroq “Barselona” himoyachisi Nelson Semedu kecha bo‘lib o‘tgan “Jirona”ga (6:1) qarshi bahsda jarohat olgani haqida xabar bergan edik.
O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ldiki portugaliyalik futbolchi chap oyoq son mushaklaridan jarohat olgan. Mundo Deportivo nashrining yozishicha shifokorlar uning sog‘ayib ketishi uchun tahminan 5-6 hafta muddat talab qilinishini aytishgan.
Ta’kidlash lozimki, “Barselona” bu vaqt orasida “Chelsi”ga qarshi UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan javob bahsi hamda La Liganing 27-turidan o‘rin olgan “Atletiko”ga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushadi.



Fikrlar