Ser Aleks Fergyuson “Manchester Yunaytd”ga zo‘r murabbiy topib berdi

  • 5 oktabr, 2024, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati bosh murabbiy Erik ten Xagga vaziyatni o‘nglash uchun qisqa muddat berdi.

Shunga qaramay, klub mutasaddilari niderlandiyalik mutaxassis o‘rniga boshqa murabbiy qidirishni to‘xtatgani yo‘q.

“Manchester Yunayted”ni futbol cho‘qqisiga olib chiqqan sobiq murabbiy ser Aleks Fergyuson jamoani qaysi mutaxassis yana muvaffaqiyatlar sari boshlay olishini aytdi.

La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, Fergyuson “Yuventus”dan iste’foga chiqarilgan Massimiliano Allegriga katta ishonch bildirmoqda. Uning ta’kidlashicha, italiyalik murabbiy manchesterliklar uchun ideal variant hisoblanadi.

Klub xo‘jayinlari ro‘yxatida yana bir italiyalik mutaxassis – “Inter” bilan katta natijalarni qo‘lga kiritayotgan Simone Indzagining ham familiyasi bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!