Serbiya Xorvatiya va Albaniya qattiq jazolanishini istamoqda

  • 20 iyun, 2024, 18:54
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Serbiya futbol ittifoqi UEFA Albaniya va Xorvatiyani jazolashiga ishonadi.

Xabar qilinishicha, "Evro-2024" doirasidagi Xorvatiya – Albaniya (2:2) o‘yinidan so‘ng har ikki jamoa muxlislari “Serbni o‘ldir!” deb hayqirishgan. Shundan so‘ng Serbiya Xorvatiya va Albaniya futbol federatsiyalariga qarshi sanktsiyalar qo‘llashni talab qilib, milliy terma jamoa turnirni tark etishga tayyorligini bildirdi.

"Biz reaktsiya bo‘lishiga aminmiz. Kosovolik jurnalistning shov-shuvli xatti-harakatlariga munosabat bildirgani va akkreditatsiyasini bekor qilgani uchun UEFAga minnatdorchilik bildiramiz.

UEFAdan Albaniya va Xorvatiya assotsiatsiyasini eng qattiq jazolashini talab qilamiz. Sportda bunday narsalarga o‘rin yo‘q. Biz bunda ishtirok etishni xohlamaymiz. Agar UEFA qoidabuzarlarni jazolamasa, turnirni tark etishni o‘ylab ko‘ramiz. Biz qattiq sanktsiyalarni kutamiz”,-dedi Serbiya futbol ittifoqi bosh kotibi Yovan Shurbatovich RTS telekanaliga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!