Sergeev gol urgan o‘yinda jamoasi g‘alaba qozonib, peshqadamga aylandi (video)

  • 17.10.2021 16:27
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘iston chempionati 24-turi doirasidagi "Qiziljar" - "Tobol" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.

Dastlab, legionerimiz Igor Sergeev bosh bilan yo‘llagan zarbasi orqali hisobni ochdi. Ikkinchi gol 77-daqiqada frantsiyalik Jeremi Manzorro tomonidan kiritildi.

Ushbu g‘alaba natijasida "Tobol" ochkolari sonini 55taga etkazib olgan holda, onlayn jadvalda peshqadamga aylanib oldi. Quyida legionerimizning golini tomosha qilishingiz mumkin:

video_2021-10-17_16-22-48

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!