Sergey Arslonov: "Muxlislarga o‘yin yoqdi, deb o‘ylayman"

  • 21.08.2023 00:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca-Cola Superliga 17-turida mehmonda “Buxoro” bilan durang qayd etgan “Surxon” klubi bosh murabbiyi Sergey Arslonov o‘yin haqida fikr bildirdi.

“Buxoro” o‘yinning dastlabki daqiqalaridan boshlab oldinga tashlanishini kutgandik. Muxlislarga yoqadigan, keskin va kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Dastlabki daqiqalar biz uchun qiyin kechdi. Keyinchalik to‘pni nazoratga oldik. Ikkala jamoa ham g‘alaba uchun maydonga tushgandi. Muxlislarga o‘yin yoqdi, deb o‘ylayman. Natija haqida bunday deya olmayman.

“Qaerdadir charchadik, balki emotsional jihatdan kamchiliklarimiz bordir. “Bunyodkor”ga qarshi Kubok o‘yinida juda ko‘p energiya yo‘qotdik. Shu bois bugun biroz o‘yinimiz chiqmadi”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!