
Sergey Fomin "Shymkent Open"da tengsiz bo‘ldi
Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan "Shymkent Open" musobaqasi hamyurtimiz Sergey Fomin bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Sergey musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida rossiyalik Aleksey Zaxarov bilan bosh sovrin uchun raqobatlashdi. Ushbu uchrashuvda tennischimiz tajribali raqini 2:6, 6:2, 6:4 hisobida taslim qildi.
Bu g‘alaba esa S.Fomin uchun "Shymkent Open"ning boshs sovrinini keltirdi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi mazkur musobaqada boshqa bir tennischimiz Sanjar Fayziev g‘olib chiqqan edi.
Fikrlar