
Serxio Ramosdan yuz o‘girishdi
Ispaniya terma jamoasi, “Real”, PSJ va “Sevilya”da o‘ynagan mashhur himoyachi Serxio Ramos o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, uning agentlari futbolchi xizmatini Braziliyaning “Vasko da Gama” klubiga taklif qildi. Bu haqda ushbu klubning sobiq o‘yinchisi Edmundo xabar berdi.
- Taniqli futbol agenti “Vasko da Gama”ga aloqaga chiqib, Serxio Ramosning xizmatlarini taklif qildi. Tomonlar muzokaraga kirishdi. Lekin Serxio o‘ta katta maosh talab qildi. Shu sabab transfer barbod bo‘ldi.
Albatta, jamoaga Ramosdek futbolchining kelishi fantastik darajadagi transfer bo‘lardi, lekin bunaqa katta maosh so‘rash bu absurd, - dedi Edmundo.
Ayni paytda 38 yoshli Ramos erkin agent maqomida ishsiz yuribdi.
Fikrlar