
Serxio Riko "Sevilya" darvozasini qo‘riqlashda davom etadi
Ispaniyaning “Sevilya” klubi darvozabon Serxio Riko bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida kelishib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra yangi kelishuv 2021 yilga qadar imzolanadi va shundan so‘ng 23 yoshli ispaniyalik darvozabonning tovon puli 30 mln evrogacha oshiriladi.
Ma’lumot uchun, Serxio Riko o‘tgan mavsum La Ligada jami 35ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 45ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar