"Sevilya" "Real"ga etib oldi
La Liga 9-turidan o‘rin olgan "Selta" - "Sevilya" - uchrashuvi nihoyasiga etdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda andalusiyaliklar minimal hisobda g‘alaba qozondi.
O‘yinning 54-daqiqasida Rafa Mirning urgan goli baxs taqdirini hal qildi.
Mazkur natijadan so‘ng Lopotegi shogirdlari ochkolari sonini 17 taga etkazib olib, bu borada "qirollik klubi" bilan tenglashib oldi. 7 ochko to‘plagan vigoliklarni havfli zonadan 1 ochko ajratib turibdi.
Fikrlar