“Sevilya” shov-shuv ko‘tarmay, katta rekord o‘rnatdi

  • 19.08.2020 17:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Sevilya” Evropa Ligasining yarim finalida “Manchester Yunayted”ni mag‘lubiyatga uchratganidan keyin XXI asrda final yo‘lanmasiga eng ko‘p ega chiqqan jamoaga aylandi.

Bu jamoa yangi asrda xalqaro miqyosida 11-marotaba finalda o‘ynaydigan bo‘ldi. Bungacha “Sevilya” besh marta Evropa Ligasida muvaffaqiyat qozongan. Superkubok bahslarida bitta g‘alaba va to‘rtta mag‘lubiyat qayd etgan.  

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rin “Real” jamoasiga tegishli. Madridliklar jami o‘n marta  - besh bor Chempionlar ligasi finalida va yana besh marotaba Superkubokda maydonga tushgan.

Kuchli uchlikdan o‘rin olgan “Liverpul” futbolchilari joriy asrda to‘rt marta Chempionlar ligasi va ikki marta Evropa Ligasi finalida va uch bor Superkubok uchun o‘yinda ishtirok etgan.

“Sevilya” engilmas jamoaga aylanib bormoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!