Shahobiddin Zoirov: Men olimpiada chempioniman va o‘z kuchimga ishonaman

  • 5 aprel, 2019, 06:58
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Zoirovning profi boksdagi debyut jangida indoneziyalik Entoni Xolt (5(3KO)-4(2KO)-1) raqiblik qiladi. Ma’lumot uchun, 25 yoshli charm qo‘lqop ustasi o‘rta engil vazn toifasida professional boksdagi o‘zining ilk jangini 2014 yilning 11 noyabrida o‘tkazgan va shundayn so‘ng yana 9 bor ringga ko‘tarilgan.

Tecno

Hamyurtimiz bo‘lajak jang oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Olimpiada chempioni sifatida bundan tadbirlarda o‘zimning rolim juda muhim ekanligini his etyapman. Mendan kutilayotgan natijalar juda ham yuqori, ammo ularni amalga oshirishga va o‘z maqsadlarimni ro‘yobga chiqarishga intilaman.

Havaskor boksda erishgan natijalarim bilan fahrlanaman, biroq profi boksda ham o‘zimni ko‘rsatadigan vaqt etib keldi. 

Men uchun nafaqat juma kungi raqib, balki umuman raqibning farqi yo‘q. Men olimpiada g‘olibiman va o‘z qobiliyatimga ishonaman", - dedi Zoirov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!