
Shahram G‘iyosov - Emmanuel Teylor. Bokschilar ko‘z urishtirishdi (video)
Uning bu safargi raqibi AQShlik Emmanuel Teylor bo‘ladi. Mazkur bahs 10 raundga mo‘ljallangan bo‘lib, vakilimiz WBA interkontinental kamari uchun ringga ko‘tariladi. Bo‘lajak boks kechasi AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jang oldidan bokschilar ko‘z urishtirishdi va matbuot anjumanida qatnashishdi.
Ma’lumot uchun, Shahram hozirga qadar profi boksda ettita jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Uning raqibi - 29 yoshli Teylor esa 25 ta jang o‘tkazgan va shularning 20 tasida g‘olib chiqib, qolganida mag‘lub bo‘lgan.
Shuningdek, Toshkent vaqti bilan ertaga tongda esa bokschilar vazn o‘lchash marosimida ishtirok etishadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jangni MTRK "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etishni rejalashtirgan.
Fikrlar