Shahram G‘iyosov ishtirokida jang uchinchi raundda o‘z yakuniga etdi

  • 16.08.2020 06:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Mazkur to‘qnashuvda hamyurtimizga nikaragualik Uinston Kampos (31-7-6, 19 KO) raqiblik qildi. 

Hamyurtimiz Shahram G‘iyosov AQShda navbatdagi jangini o‘tkazdi. 

10 raundga mo‘ljallangan jang uchinchi raund so‘ngida o‘z yakuniga etdi. Chunki, hamyurtimiz raqibining tana qismiga kuchli zarba yo‘llab, jang taqdirini hal qildi va o‘z tituli hisoblanmish WBA International kamarini himoya qildi.

Ma’lumot uchun,  Shahram G‘iyosov dastlab meksikalik Fransisko Roxoga qarshi jang qilishi lozim edi. Biroq Roxoda koronavirus aniqlangani bois, 28 yoshli Kamposga qarshi ringga ko‘tarildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!