
Shahram G‘iyosovning jangi "Sport" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi
Avval xabar berganimizdek professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram G‘iyosov 26 aprel kuni (AQSh vaqti bilan) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Uning navbatdagi raqibi AQShlik Emmanuel Teylor bo‘ladi. Mazkur bahs 10 raundga mo‘ljallangan bo‘lib, vakilimiz interkontinental kamari uchun ringga ko‘tariladi. Bo‘lajak boks kechasi AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra G‘iyosovning jang 27 aprel kuni Toshkent vaqti bilan tonggi soat 06:30da "Sport" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov shu paytgacha professional boksda ettita jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 6 bor raqiblarini nokautga uchratgan edi. Mazkur jangda ham yurtdoshimizga omad tilaymiz.
Fikrlar