
Shahram G‘iyosovning sobiq raqibi kamar uchun ringga ko‘tariladi
Rio olimpiadasi chempioni, professional boksning super yarim o‘rta (66.6kg) vazn toifasida faoliyatini olib borayotgan qozog‘istonlik Daniyar Eleussinov o‘zining navbatdagi jangini 27 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tkazadi. "Matchroom" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida qozog‘istonlik charmqo‘lqop ustasiga Julias Indingo raqiblik qiladi. Jang IBF Inter-Continental kamari uchun bo‘lib o‘tadi.
Daniyar Eleussinov faoliyati davomida 9 jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Janglarining 5 tasida raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan.
Julias Indingo esa 25 marotaba jang qilib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan. 12 jangini muddattidan oldin yakunlagan. 2 ta mag‘lubiyatini esa chempionlik janglarida Rejis Progreys va Terens Krouforddan qabul qilib olgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilgi Rio Olimpiadasining 69 kg vazn toifasi finalida Eleussinov hamyurtimiz Shahram G‘iyosovdan ustun kelgan edi.
Fikrlar