
Shahram G‘iyosovning tarixiy jangi namoyish etiladi
"UzReport TV" telekanali havaskorlar o‘rtasida jahon va Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan, Rio olimpiadasi sovrindori Shahram G‘iyosov ishtirokidagi jangni namoyish etadi.
Telekanalning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi tarqatgan xabarga ko‘ra, hamyurtimizning nikaragualik Xulio Lagunaga qarshi kechgan jangini bugun soat 22:00 dan boshlab efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
Asosiy jangi Entoni Joshua va Aleksandr Povetkin o‘rtasida kechgan jang kechasi "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tgan edi. Unda G‘iyosov 14 jangdan buyon engilmas bo‘lib kelgan Lagunani 4-raunddayoq ringga qulatishga erishgan.
Fikrlar