Shahzodbek Beshimov: "Qo‘qon-1912 ancha kuchli jamoa"

  • 6 iyul, 2023, 14:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" jamoasining yangi a’zosi Shahzodbek Beshimov tarkibga kelib qo‘shilganidan so‘ng ilk fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Qo‘qon-1912" jamoasiga o‘tishimga Muxsinjon Nizomiddinov bosh sabab bo‘ldilar. Ular menga qo‘ng‘iroq qilib, meni jamoada ko‘rishni istayotganlarini ma’lum qildi. Bu esa menga katta ishonch berdi. O‘zim ham omadimni boshqa jamoada sinab ko‘rishni maqsad qilgandim.

"Qo‘qon-1912" jamoasi ancha kuchli va ular Superligaga chiqishni vazifa qilishgan. Shunday maqsadlarni oldiga qo‘ygan jamoada o‘ynash men uchun ham ma’qul keldi va ularning takliflarini qabul qildim. Gollarim bilan jamoani va barcha muxlislarni xursand qilaman. Maqsadimiz: jamoa bilan Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Shuningdek, yaxshi o‘yin ko‘rsatib, to‘purarlar qatoriga joy olishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim", - dedi Shahzodbek.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!