Shakira dahshatga tushdi. Eri yarim yil futbol o‘ynolmaydi

  • 22 noyabr, 2020, 15:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ikki mashhur inson – qo‘shiqchi Shakira va “Barselona” himoyachisi Jerar Pike oilasida qiyin davr boshlandi. Futbolchining jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi.

Gap shundaki, Ispaniya chempionatining navbatdagi turida raqib bilan to‘qnashuvdan keyin o‘yinni davom ettira olmagan Pike tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, jarohatining darajasi va qancha vaqt davolanishi aniq bo‘ldi.

Tekshiruvlarda 33 yoshli futbolchining tizza bog‘lamlari cho‘zilgan. Pikeni operatsiya qilishga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda. Agar u jarrohlik stoliga yotadigan bo‘lsa, olti oygacha maydonga tusholmaydi.

Shifokorlar jarrohlik amaliyotisiz davolash usulini topa olsa, futbolchining tiklanishi uchun ikki oydan ko‘proq vaqt ketadi.

“Barsa” maydonni ko‘z yoshlari bilan tark etgan Pike bo‘yicha bayonot berdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!