
Sharif Halilov – ikki karra Paralimpiya o‘yinlari sovrindori!
Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -100 kg vazn toifasida hamyurtimiz Sharif Halilov Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining bronza medali uchun braziliyalik Tenerio da Silvaga qarshi tatamiga chiqdi.
“Oltin ochkolar”ga qadar davom etgan bahsda hamyurtimiz ippon bahosi bilan tajribali raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Sharif Halilo 2012 yil Londonda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 12 taga etdi: 4 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.
Fikrlar