Sharofiddin Lutfillaev Zagreb Gran-prisida oltin medalni qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnir o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.

Tecno

Quvonarlisi, -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sharofiddin Lutfullaev mazkur musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Hamyurtimiz hal qiluvchi bahsda Buyuk britaniyalik Eshli Makkenziga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini mag‘lub etishga erishdi, deya xabar  bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi. 

Shu tariqa, dzyudochimiz Gran-pri turnirlaridagi beshinchi g‘olibligini qo‘lga kiritdi va Tokio olimpiada yo‘llanmasi uchun muhim bo‘lgan 700 reyting ochkosiga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, Lutfullaev finalga qadar mo‘g‘ulistonlik Ariunbold Enxtayvan, sloveniyalik Matyaj Trbovich, turkmanistonlik Haqberdi Jumaev, qozog‘istonlik Dauren Syukenovni engishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!