Shatskix: Bizda hamma hujum qiladi

  • 22 aprel, 2023, 21:20
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan OKMK - "Paxtakor" bahsi yakunlandi. Unda nominal mehmonlar  1:2 hisobida zafar quchdi. 

Tecno

Olmaliqliklarning yagona goli Xurshid G‘iyosov nomiga qayd etildi. "Sherlar" safida Dragan Cheran va Aziz Turg‘unboev o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Bellashuvdan so‘ng "sherlar" ustozi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

- O‘yin kutganimizdek qiyin kechdi. Muxlislar ko‘plab chiroyli vaziyatlarga guvoh bo‘lishdi. Jamoalar yaxshi futbol namoyish qilishdi. Qosimov bu jamoani futbol o‘ynaydigan jamoaga aylantirgan. Bahsga jiddiy tayyorlandik, futbolchilar o‘z darajalarini ko‘rsatishdi. Birinchi bo‘limda barcha o‘ylaganlarimizni amalga oshira olmadik. Tanaffusda ba’zi o‘zgartirishlar qildik. Shundan keyin yaxshiroq o‘ynashga tushdik va golli imkoniyatlarimiz ko‘paydi. Qiyin bellashuvda muhim g‘alabaga erishdik.

- Bizda hamma hujum qiladi, hamma himoyaga o‘tadi. Qanotdagi futbolchi hujumga qo‘shilib, to‘pni uzatadi. Hujumdagilar esa to‘g‘ri pozitsiya orqali zarba berishi kerak. Jamoaviy o‘yin va alohida mahorat jamlanmasi bo‘lishi zarur. Bellashuv juda keskin kechgani tufayli o‘zgarishlarni amalga oshirmadim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ЖУРАЕВ ХАЙРУЛЛО
22/04/2023 21:32
Ха Пахтакор да хамма хужум килади ва якунда Драган Черан гол уриб кетади олга Пахтакор, сенга факат Чемпионлик ярашади.
Кахрамонжон Сафаров
22/04/2023 21:25
Макс сенга рахмат лекин судьяларга давления килмасанг янада яъши булади