Shavkat Rahmonov: "Stiven Tompson ustidan qozonilgan g‘alabam bunga yana bir dalil bo‘ladi"

  • 14 dekabr, 2023, 10:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yarim o‘rta vazn toifasida (77 kg) UFC chempioni qozog‘istonlik Shavkat Rahmonov 2024 yildagi maqsadi haqida gapirdi.

Tecno

"Menga hech narsa aytilmagan yoki va’da qilingani yo‘q, lekin shuni aytmoqchimanki, men chempionlik uchun kurashishga tayyorman !!! Stiven Tompson ustidan qozonilgan g‘alabam bunga yana bir dalil bo‘ladi. Hammasi Yaratganning qo‘lida, lekin kelasi yil chempionlik uchun kurashmoqchiman. 2024 yildagi maqsadim chempionlik kamarini qo‘lga kiritish va uni Qozog‘istonga olib kelish”, — dedi Rahmonov The MMA Hour dasturida.

Eslatib o‘tamiz, Rahmonov(17-0) va Tompson(17-6-1) o‘rtasidagi jang 17 dekabr kuni Las-Vegasda (AQSh) "UFC 296" turnirida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek,tadbirda britaniyalik Leon Edvards va amerikalik Kolbi Kovington o‘rtasidagi chempionlik jangi o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!