
Shavkat Rahmonov UFC da qancha maosh olishini ma’lum qildi
Shavkat Rahmonov UFCda qancha maosh olishini aytdi. Qozog‘istonlik jangchi “UFC 285” turnirida Jeff Nil bilan jang uchun 200 ming dollardan ko‘proq pul olganini tan oldi.
Rahmonovning ta’kidlashicha, bu miqdor shartnomada ko‘rsatilgan, ammo uning darajasidagi jangchilar bundan ham ko‘proq pul oladi. U reklamadan tushgan daromadni oshkor qilishdan bosh tortdi va bir nechta omillarni keltirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 5 mart kuni Rahmonov Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan “UFC 285” turnirida Jeff Nilni muddatidan avval mag‘lub etgandi.
Fikrlar