Shavkat Salomov "Buxoro"ning 1000-golini kiritdi

Bugun Oliy Ligamizda mavsumning so‘ngi uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. 


30-turdan o‘rin olgan qiziqarli uchrashuvlardan biri Buxoroda "Buxoro" hamda "Sho'rtan" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.


Ayni paytda uchrashuvda 3:1 hisobida mezbonlar g‘alaba qozonmoqdalar. 


Bugungi kiritilgan 3-gol "Buxoro"ning umumiy hisobdagi 1000-goli edi. 


Jamoaning 3-golini kiritgan Shavkat Salomov esa klub tarixida qoladigan bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!