Shaxmat. Ertaga "Toshkent bahori-2024" xalqaro turniri boshlanadi
14 may kuni poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha an’anaviy "Toshkent bahori" xalqaro turniri start oladi. Musobaqalar Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasi binosida bo‘lib o‘tadi.
21 mayga qadar davom etadigan ushbu musobaqalar shveytsarcha tizimda elektron soatlarda 9 turdan iborat bo‘lib, ishtirokchilar ikki guruhda – "B" bolalar guruhi (2013 yilda tug‘ulgan va undan kichik) hamda umumiy "A" guruhda xalqaro reyting hisobi bilan o‘tkaziladi.
"Toshkent bahori" xalqaro turnirining tafsilotlari bilan saytimiz orqali tanishib borishingiz mumkin.



Fikrlar