Shaxmat. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolari yuqori o‘rinlarda
Soʻnggi yangilangan live xalqaro reyting jadvalida Oʻzbekiston ayollar shaxmati vakillari yuqori natijalarni qayd etmoqda.
Afruza Hamdamova 2403 reyting bilan qizlar oʻrtasidagi kuchli uchlikdan joy olib, yetakchilar safida bormoqda. Shuningdek, Umida Omonova (+106), Guldona Karimova (+123) reyting oʻsishi boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkichlardan birini namoyish etdi.
Ushbu natijalar Oʻzbekiston ayollar shaxmat maktabida raqobatbardosh, istiqbolli yosh avlod shakllanayotganini yaqqol tasdiqlaydi.

Fikrlar