
Shaxmat. “Sohibqiron Amir Temur kubogi” VI xalqaro turniri o‘z yakuniga etdi
Joriy yilning 28 may kuni start olgan “Sohibqiron Amir Temur kubogi” VI xalqaro shaxmat turniri o‘z yakuniga etdi.
Musobaqa shveytsarcha tizimda (9 tur) ikkita guruhga bo‘lingan holda o‘tkazildi. Asosiy guruhda 1800 va undan yuqori reytingga ega shaxmatchilar ishtirok etsa, ikkinchi guruhda 1799 va undan past reytingga ega bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etdi.
Qayd etish lozimki, “Sohibqiron Amir Temur kubogi” VI xalqaro shaxmat turnirining umumiy mukofot jamg‘armasi 20 000 AQSh dollarini tashkil qildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra esa 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida g‘oliblik Akbarali Abduhakimovga, 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Bahrom Bahrillaev, nuroniylar o‘rtasida Raset Ziatdinov, ayollar o‘rtasida Laysa Latifax, erkaklar o‘rtasida esa Abdimalik Abdisalimovga nasib etdi.
Musobaqa g‘olib-sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Fikrlar