Shaxmat. Toshkent mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatida rapid bahslari yakunlandi (FOTO)

  • 4 avgust, 2024, 21:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, shu kunlarda poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha 9 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari hamda 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Bugun mazkur nufuzli turnirning rapid yo‘nalishi bo‘yicha bahslar yakunlandi. Endi yosh shaxmatchilar 6-7 avgust kunlari blits yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun dona surishadi.

Jahon chempionatida xalqaro grossmeysterlar, sport ustalari, sport ustaligiga nomzod shaxmatchilar ishtirok etmoqda.  Yurtimiz sharafini esa xalqaro turnrilarda o‘z so‘zlarini aytib kelayotgan iqtidorli yoshlarimizdan  Muxiddin Madaminov, Muxammadzoxid Suyarov, Xumoyun Bekmuratov, Almaz Raxmatullaev, Asrorjon Omonovlar, qizlar orasida esa Afruza Xamdamova, Guldonoa Karimova, Umida Omonova, Maftuna Bobomurodova, Ozoda Shaxzodova, Gulxumor Najmiddinova, Moxizoda Muxsinova hamda Asmiraxon Abdulazizova kabi ko‘plab iqtidorli shaxmatchilar himoya qilmoqda.

Qayd etish lozimki, Asmiraxon Abdulazizova o‘tgan oy "FIDE"ning 100 yilligi munosabati bilan Singapurda tashkil etilgan ("FIDE 100 GUINNESS WORLD RECORDS") xalqaro turnirda "Ladies Group" kategoriyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

Endi hamyurtlarimizga 6-7 avgust kunlari o‘tkaziladigan blits yo‘nalishidagi bahslarda omad tilaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!