
Shaxmat. Toshkentda mukofot jamg‘armasi 20 ming AQSh dollarini tashkil qiladigan xalqaro turnir o‘tkaziladi
Joriy yilning 28 may - 5 iyun kunlari poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida “Sohibqiron kubogi” VI xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi.
Muksobaqa shveytsarcha tizimda (9 tur) ikkita guruhda o‘tkaziladi. Asosiy guruhda 1800 va undan yuqori reytingga ega shaxmatchilar ishtirok etsa, ikkinchi guruhda 1799 va undan past reytingga ega bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etadi. Bunda FIDE reytingi (standart) 2024 yil 1 may holatiga ko‘ra hisobga olinadi.
“Sohibqiron kubogi” VI xalqaro shaxmat turnirining umumiy mukofot jamg‘armasi 20 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Fikrlar