Sher Mamazulunov jangga tayyor! U yangi vazn toifasida ringga ko‘tariladi

CHERY AUTO

28 noyabr kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida professional kikboksing bo‘yicha FAIR FIGHT promousheni tomonidan tashkil qilinadigan jang kechasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu kechada o‘zbekistonlik Sher Mamazulunov ham navbatdagi jangini o‘tkazadi. Unga belaruslik Dima Valent raqiblik qiladi.

Biz ushbu jang borasida hamyurtimizning fikrlari bilan qiziqdik.

- Jangga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganmiz. Sababi yil bo‘yi hozirlik ko‘rishga majbur bo‘ldik. Bilasiz, jangimiz ma’lum bo‘ladi, tayyorgarlikka kirishganimizda pandemiya sabab qoldirildi. Ko‘p bora shunday holatlar yuzaga keldi. Shuning uchun yaxshi formadaman. FAIR FIGHT promoushenida ko‘p janglar o‘tkazganman. 77 kg vazn toifasida chempion ham bo‘lganman. Bu safar 84 kgda ringga ko‘tarilaman. Raqibim juda tajribali va o‘z nomiga ega bo‘lgan jangchi hisoblanadi. Umuman olganda tayyorman!

126456144_3710899295642976_3915883334617275074_n

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!