
Shesni "Barselona"ga o‘tgach ilk fikrlarini bildirib o‘tdi
Polsha terma jamoasi darvozaboni Voytsex Shesni "Barselona"ga bilan shartnoma imzolagach, o‘zining bu haqdagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“To‘g‘risini aytsam, faoliyatimni yakunlashga tayyor edim. Men bu shaharda dastlabki ikki kun ichida odamlar menga qanday munosabatda bo‘lishlarini va bu ular uchun qanchalik muhimligini ko‘rib xursand bo‘ldim. Bu ajoyib oilaning bir qismiga aylanganimdan faxrlanaman. Bu katta klub, lekin o‘zimni allaqachon oila a’zosidek his qilyapman. Muxlislarning ishtiyoqini ko‘ryapman va bu juda yoqimli. Oila men uchun juda muhim, endi men uni biroz kengaytirdim.
Men stadionda bo‘ldim. Jamoa ajoyib ko‘rindi. Bu men uchun ajoyib chaqiruv bo‘ldi va men bunga katta ishtiyoq bilan tayyorman. Men bu mavsumda nimalar bo‘lishini intiqlik bilan kutyapman”, - dedi Shesni.
34 yoshli posbon bugun “Barselona” bilan 2025 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.
Fikrlar