Shohboz Umarov "Bunyodkor"ni tark etdi va Qozog‘iston chempionatiga qaytishi mumkin

  • 12.06.2026 17:28
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shohbоz Umarоv Toshkentning "Bunyodkor" klubi bilan shartnomasini o‘zaro kelishuv asosida bekor qildi. 

27 yoshli futbolchi joriy mavsumda "Bunyodkor" safida 7 ta o‘yin o‘tkazdi. Umarov bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va yana bir golga pas berdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hujumkor vinger faoliyatini Qozog‘istonda davom ettirishi mumkin. Xabarlarda qayd etilishicha, u allaqachon "Turan" jamoasi ixtiyoriga yetib borgan va Turkiston klubining bir qator nazorat uchrashuvlaridan birida maydonga tushgan.

Shuningdek, futbolchiga Qozog‘istonning yana bir jamoasi — Ko‘kshetauning "Okzhetpes" klubi tomonidan ham qiziqish bildirilayotgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!