Shomurodov – eng xavfli hujumchi!

  • 26 avgust, 2021, 20:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” futbolchilari UEFA Konferentsiyalar ligasi pley-off-bosqisi javob uchrashuvida “Trabzonspor” vakillarini qabul qiladi. Turkiyadagi birinchi uchrashuvda Joze Mourino shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozongan va rimliklarga muhim g‘alaba keltirgan golni Ellor Shomurodov urgan edi.

Tecno

Javob o‘yini oldidan “Roma” muxlislari jamoa g‘alabasiga va unda Eldor Shomurodovning xizmati katta bo‘lishiga ishonch bildirmoqda.

17282_amp

Sports.uz nashri xalqaro miqyosdagi uchrashuv oldidan rimlik ishqibozlarning o‘zbek futbolchisi haqidagi fikr-mulohazalarni e’tiboringizga havola etadi.

Gabriele De Iaco:

Men g‘alabani his qilyapman. Qarsh hujumlarda futbolchilarimiz “Trabzonspor”ga 2-3 ta gol ura oladi. Shomurodov ham, Abraxam ham tezkor futbolchilar va ularning salohiyati juda yuqori ekanini ko‘rdik.

Alessandro Tolli:

Menimcha, bu gal ham bizga g‘alabani birinchi uchrashuvda ikkinchi golni o‘rgan hujumchi keltiradi. Eldor turkiyalik raqiblar darvozasiga yo‘l topib olgan. Hozir Shomurodov raqib uchun Abraxamga qaraganda ancha xavfli hujumchi.

Dario Aùrore (Alessandro Tolli fikriga javoban):

Fikringga qo‘shilmay ilojim yo‘q. Umuman olganda, o‘zbek futbolchisi o‘z o‘yini bilan juda yaxshi taassurot qoldiryapti. U birinchi turda “Fiorentina”ga ham gol urishga yaqin edi. Omad etishmadi xolos.

Massimiliano Pivetti:

“Trabzonspor”ga qarshi ikkinchi o‘yinga Joze Mourino qaysi hujumchini tushurishi qiziqtiryapti. Bir tomondan Shomurodov birinchi o‘yinda gol urib g‘alabani ta’minladi, ikkinchi tarafdan Temmi Abraxam “Fiorentina” bilan bo‘lgan bahsda ikkita golli pas uzatdi.

LrlISQFFeqY

Luis Corigliano:

Men Shomurodovdan ham, Abraxamdan ham gol kutyapman. Ikki hujumchini ham boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirish kerak.

Andrea Schifano:

Javob uchrashuvida turklar to‘pni nazorat qilish va hujumga e’tibor qaratadi va bu omil hujumchilarimizning yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishiga xizmat qiladi. Menimcha, boshlang‘ich tarkibda Abraxamni tushirish kerak. Angliyalik hujumchi faolyati davomida Shomurodovdan ko‘p gol urgan.

Angelo Scariolo:

Mourino va yangi futbolchilarimiz hayratga solmoqda. Shomurodov, Abraxam, Parisiu va Ibanesning kelishi jamoamizni kuchaytirdi.

Anna F. Ferone:

Menimcha, ilk daqiqalardan Abraxamni o‘ynatib, keyin zaxiradan Shomurodovni tushirish kerak. Mana shu ideal variant. O‘zbek futbolchisi zaxiradan tushib ham zo‘r o‘ynay oladi. Buni u “Jenoa”da ham isbotlab qo‘ygan.

gol-shomurodova-prinyos-rome-pobedu-nad-trabzonsporom-v-matche-ligi-konferencij_1629403519693110259_1

“Roma” va “Trabzonspor” o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

Shomurodov Mourinoning A Seriyada “inqilob” qilishiga yordam bera oladimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
26/08/2021 11:27
Ey yashanglar Sport.uz Sayt ijodkorlari
&
Shahzod_andmi
26/08/2021 10:16
Abrahamni tushursa xato qilgan bo'ladi Eldor oldingi o'yinda gol urdi biladi himoyachilarni qandayligini. Kamiga turklar hujumga zo'r beradi qarshi hujumda Eldor Abrahamdan xavfli
rar rar
26/08/2021 10:10
Raxmat Sport.uz jamoasi
&
odinahon
27/08/2021 00:18
Zor oyin boldi
Olga roma
Olga Eldor
&
odinahon
27/08/2021 00:17
Zor oyin boldi
Olga roma
Olga Eldor
&
Турсун Ғани
26/08/2021 21:51
Қўрқоқ. Жозе Маур ҳеч 2 ҳужумчи билан ўйнамас эканда.......
&
Турсун Ғани
26/08/2021 21:51
Қўрқоқ. Жозе Маур ҳеч 2 ҳужумчи билан ўйнамас эканда.......
&
Турсун Ғани
26/08/2021 21:51
Қўрқоқ. Жозе Маур ҳеч 2 ҳужумчи билан ўйнамас эканда.......