Shomurodov, sen ketsang, “zahrimni” kimga sochaman? Raneri yana nimalar dedi?

  • 31 yanvar, 08:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov Evropa Ligasi umumiy bosqichining so‘nggi uchrashuvi qahramonlaridan biri bo‘ldi. “Roma”ning “Ayntraxt”ga qarshi o‘tkazgan muhim bellashuvida o‘zbek hujumchisi zaxiradan maydonga tushishi bilan gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Tecno

“Roma” keyingi bosqichga chiqishni muvaffaqiyatli uddalaganidan keyin bosh murabbiy Klaudio Raneri Sky Sport nashriga intervyu berib, Eldor Shomurodovning kelajagiga ham oydinlik kiritdi.

Sports.uz portali ushbu intervyuni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

- Raqibning o‘ta kuchli ekanini inobatga olib, katta bosimni qanday qilib engdingiz?

- Bunaqasi muhim uchrashuvlarda buyuk o‘yinchilargina ko‘zga tashlanadi. Ana shunday muhim o‘yinchilar mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, qolgan jamoadoshlarini ham o‘z ortidan ergashtiradi.

Biz bu uchrashuvda himoyada ehtiyotkor bo‘ldik, chunki raqibning o‘tkir qarshi hujumlaridan cho‘chidik, ular shu usulda o‘ynashini oldindan bilardik.

Yigitlarga balli, ular to‘p bilan tezkor ravishda ishladi, keyin gol urishga erishdik.

- Jahon chempioni Mats Xummels texnik sabablarga ko‘ra o‘ynamayotgan edi, hozir qanotda samarali harakat qilayotgan Anjelino aslida markaziy himoyachi. Ularga munosib joy topib berish qiyin bo‘lmadimi?

- Men futbolni qanday ko‘rsam, shunday ishlayman. Bu futbolchilar hozir qo‘yilgan hududlarda o‘ynashga ko‘nikkan. Ilgari Xummelsni raqib sifatida hurmat qilardim. Buyuk o‘yinchi. Juda aqlli. Jamoada hammaga o‘rnak.

Men unga “Rimda qolishing kerak, kam o‘ynayotgan bo‘lsang ham sen jamoani maydonda sen boshqarasan, hatto sen mashg‘ulotni qanday o‘tkazayotganing ham biz uchun juda muhim”, - dedim. Qolgan futbolchilarga o‘z salomatligiga qayg‘urishni va pul ishlashni Xummelsdan o‘rganishni tavsiya qildim.

- Oxirgi ikki uchrashuv Eldor Shomurodovning kelajagini o‘zgartiradimi?

- Men unga biz bilan qolishini aytdim. Hamma o‘yinchilar uni yaxshi ko‘radi, muxlislar yoqtiradi, chunki Eldor har doim borini berib o‘ynaydi.

Shomurodov mening qo‘l ostimda “Kalyari”da o‘ynagan va bu yigit mun uchun juda muhim ahamiyatga ega o‘yinchi. Eng yoqadigan tomoni, u hamisha tabassum qilib turadi.

Ko‘pinchi unga jahl qilaman, shuning uchun “Shomurodov, agar ketib qolsang, men zahrimni kimga sochaman?”, dedim.

- Endi “Roma”ni favoritlar qatoriga qo‘shsa bo‘ladimi?

- Kelishimdan avval, hamma “Roma”ning musobaqadan chiqib ketishidan xavotirlanib yurgandi, endi bizni Evropadagi favoritlar qatoriga qo‘shyapsizmi? Keling, hech narsani va’da qilmagan holda, hammasiga bosqichma-bosqich harakat qilaylik.  Biz har doim qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz. Biz o‘sishniga erishyapmiz va buni davom ettirish kerak.

Shogirdlarimning barchasi men uchun muhim o‘yinchilar va ular jamoa uchun bor kuchini sarflayapti. Bu holatning murabbiyga ham ahamiyati katta. Chunki ularning har biriga ishonishing mumkinligini bilasan.

Eng muhimi, kamtarin bo‘lib qolish. Kamtar bo‘lsak, hamma narsaga erishamiz. Oyoq erdan uzilmagani ma’qul.

“Roma” Evropa Ligasining umumiy bosqichini 15-o‘rinda yakunladi. Endi pley-offda nimchorak finalga chiqish uchun o‘tish o‘yinida qatnashadi. Klaudio Raneri shogirdlariga Vengriyaning “Ferentsvarosh” yoki Portugaliyaning “Portu” jamoalaridan biri ro‘baro‘ bo‘ladi.

 

Gol urib, “Roma”ni keyingi bosqichga olib chiqqan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abat Berdimuratov
31/01/2025 14:38
Eldor xarakterini mana endi korsatayabdi. Oldinlari jamoadoshlariga kop ishlar edi endi ozi uchun ishlayabdi.
&
Азиз Султанов
31/01/2025 11:12
Молодец
&
Olim
31/01/2025 10:34
Элдорга омад тилайман.
Фақат олға бос.
&
Нодирбек Одилбек
31/01/2025 10:09
Элдорга омад тилайман кейингги уйинларда бунданда Зур уйнаш насиб килсин мухлисларини кувонтириб юрсин.
&
Алишер Ходжаев
31/01/2025 09:12
Элдор омадингни берсин укам узингни курсатадиган вактларинг келди шу бн бирга Узбекистонни дунега танитадиган вактларинг келди келажакда ешлар сизларининг оркангиздан эргашсин илохим
Депутат Уктамович
31/01/2025 09:03
Элдор омад укам,