Shomurodov 6 o‘yindan beri gol ura olmayapti. Karpin bu haqda nima dedi?

"Rostov" klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin "Dinamo"dan (1:2) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Eldor Shomurodovning golsiz seriyasi haqida gapirib o‘tdi.

"U 6 bahsdan beri gol urmayapti? Bunaqasi bo‘lib turadi. Bugun Eldorda 3 ta qulay vaziyatga ega bo‘ldi, ammo foydalana olmadi. Ba’zan esa u yarimta imkoniyatdan 2 ta gol kiritadi. Men Shomurodovga ishonaman", - dedi Karpin.

Qayd etish joiz, hamyurtimiz "Rostov"ning so‘nggi 6 o‘yinida biror marta raqib darvozasiga yo‘l topa bilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shoxrux MTJ
24/11/2019 00:56
Shomurodov ertagi tugadi ozbekiston termasidayam 10 ta imkonyatdan 2 ta gol urdi Falastin bilan baxsda.. Saudiya bilan gol urganda galaba qozonardik
Расулжон Тоштемиров
24/11/2019 21:03
Юлдузлик касалига учрадими
&
Surxon turon
24/11/2019 07:46
Элдор бу қийин вазиятдан чиқиб кетади хали