Shomurodov bilan o‘ynagan futbolchini Manchester superklubi 65 million yevroga oladi

  • 29.12.2025 07:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

“Manchester Yunayted” bosh murabbiy Ruben Amorim qo‘l ostida jamoa tarkibini muntazam yangilab borish va mahoratli ijrochilar bilan to‘ldirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

“Roma”da Eldor Shomurodov bilan birga o‘ynagan fransiyalik legioner Manu Kone endi faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin.

Aslida manchesterliklar Fransiya terma jamoasi o‘yinchisini yanvar oyidayoq o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Ammo Rim klubi yetakchi futbolchilardan birini mavsum o‘rtasida qo‘yib yubormasligini bildirgan.

Shunga qaramay, “Manchester Yunayted” Kone transferini yozda 60-65 million yevro evaziga hal qilish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega.

Bu haqida Caught Offside nashri xabar berdi.

Joriy mavsumda Kone barcha musobaqalarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatma qayd etdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
29/12/2025 14:19
Статистика нолга тенгку