Shomurodov boshqa chempionatga o‘tishi mumkin. Xaridorda aniq taklif bor

  • 22 iyun, 2022, 15:34
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Turkiyaning hurriyet.com.tr nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, hamyurtimizga "Galatasaroy" tomonidan qiziqish bor. Jamoa bosh murabbiyi Okan Buruk o‘zi istagan hujumchini topgan. Shuning uchun Shomurodov klub radariga tushgan.

"Sariq-qizillar"ning yangi ustozi "Roma" hujumchisi Eldorni o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi. "Galatasaroy" rahbariyati Shomurodovni shoshqaloqlik qilmasdan avval ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Oldinroq Joze Mourino hamyurtimiz Eldor Shomurodov sotilmasligini ma’lum qilgandi.

photo_2022-04-14_20-40-41

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Fazliddin Azamxojayev
22/06/2022 15:58
Manimch turkiyaga ketish orqaga qadam boladi xich bomasa ispaniya germaniyani ortamiyona klubiga otgani yaxshi