Shomurodov bu safar ham o‘zini ko‘rsata olmadi!

  • 22.12.2022 22:36
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionati tufayli vujudga kelgan tanaffusdan foydalangan "Roma" bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazdi. Jumladan, biroz oldin yakuniga etgan o‘yinda ular Niderlandiyaning "Valveyk" klubi bilan kuch sinashdi. 

Ushbu bellashuvda rimliklar yirik 3:0 hisobida zafar quchdi. Gollarga Abraxam, El-Shaaravi hamda Zanolo mualliflik qildi. 

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov mazkur bahsning 61-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi, ammo o‘z hisobiga gol yoki assist yozdirib qo‘ya olmadi. 

Ma’lumot uchun, Eldor bundan avval o‘tkazilgan "Kaza Piya" hamda "Kadis" jamoalariga qarshi bellashuvda ham gol ura olmagandi. 



Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!