Shomurodov bu “yuk”ni ko‘tara olmaydimi?

  • 19 avgust, 2023, 18:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

A Seriya o‘yinlari boshlanishiga oz qoldi. Evropa matbuoti Italiya jamoalarining mavsumga tayyorgarligi tahlil qilmoqda.

Nufuzli nashrlardan biri https://www.goal.com sayti jurnalisti Franchesko Shirru A Seriya debyutanti “Kalyari”ning hujum chizig‘idagi imkoniyatlarini tahlil qilib chiqdi. Bunga sabab esa, jamoaning yuqori divizionga chiqishiga 21 ta gol bilan eng katta hissa qo‘shgan Janluka Lapadulaning og‘ir jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqani bo‘ldi.

picture--original_1

Ma’lumotlarga qaraganda, perulik forvard avgust-sentyabr oylaridagi o‘yinlarda qatnashmasligi aniq bo‘lib ulgurgan. Oktyabr oyida tibbiyot xodimlarini Lapadulani chuqurlashtirilgan teshkiruvdan  o‘tkazib, dastlabki xulosasini berish kerak. Katta e’timol bilan oktyabr oyida ham 33 yoshli o‘yinchi jamoasiga yordam bera olmaydi.

Futbol ekspretlari hozir bosh murabbiy Klaudio Raneri ixtiyoridagi uch nafar hujumchidan Lapadula zimmasidagi “yuk”ni qay biri ko‘tara olishini tahlil qilib chiqdi.

Eldor Shomurodov

Aslida Klaudio Raneri o‘zbek hujumchisini Janluka Lapadula bilan tandem sifatida asosiy hujumchi sifatida o‘ynatmoqchi edi. Eldor "Kalyari"ga paytda o‘tgan yili asosiy rollardan birini bajargan Leonardo Pavoletti jamoadan ketishi kutilayotgan edi.

Biroq, Lapadulaning jarohati hammasini o‘zgartirib yubordi. 34 yoshli Pavoletti jamoada qoladigan bo‘ldi. U o‘rtoqlik o‘yinlari va Italiya kubogida asosiy hujumchi o‘rnini bosa olishini ko‘rsatdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Shomurodovga hali sport formasini to‘liq tiklab olmagani pand bermoqda. Klaudio Raneri ham o‘zbek legionerining jismoniy tayyorgarligi 50-60 foizga teng ekanini alohida ta’kidladi.

363350221_830894205064601_75279518734258072_n

Agar Shomurodov qisqa fursatda jismoniy tayyorgarligini kuchaytira olsa, Lapadula safga qaytgunicha, asosiy forvard yoki ikkinchi hujumchi sifatida o‘ynashi mumkin.  Eldorning ustunligi u markaziy hujumchi pozitsiyasidan tashqari har ikki qanotda to‘p tepa olishida. Shunga qaramay, Shomurodov asosiy tarkibga kirishi uchun huddi o‘zi singari mana shu uch pozitsiyada o‘ynay oladigan Zito Luvumbo hamda chap qanot, hujum markazi va hujumchi ortida to‘p tepadigan Gaetano Oristanio kabi yosh avlod vakillari bilan raqobatlashishi kerak.

Leonardo Pavoletti

Italiyalik hujumchi juda katta tajriba to‘plagan. Katta klublarda o‘ynagan. Har qanday vaziyatda gol ura olishi bilan mashhur.

Aslida “Kalyari” futbolchilari pley-off finalida Leonardoning so‘nggi daqiqada kiritgan goli evaziga A Seriyaga chiqdi.

Mutaxassislarning tahlil natijalari Klaudio Raneri Pavolettini asosiy hujumchi sifatida o‘ynatishidan dalolat bermoqda. Italiyalik murabbiy jamoa o‘yin uslubini Pavolettiga moslashi aytilmoqda. Bunda asosiy e’tibor kross paslarga qaratiladi. Raneri yana A Seriyaga qaytgan hujumchi ko‘p gol urishini kutyapti.

1686546193

Gaetano Oristanio

“Inter” tarbiyalagan 20 yoshli futbolchi Niderlandiya chempionatida “Volendam” sharafini himoya qildi. Ijara muddatida hujumkor o‘yinchi ancha o‘sganini namoyish qildi.

Oristanio asosan chap qanot hujumi va markazda hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynaydi. Murabbiylar bu o‘yinchini markaziy hujumchi sifatida sinab ko‘rishdi. Lekin bu kutilgan natija bermadi.

Mutaxassislarning baholashicha, Klaudio Raneri Oristanioni o‘yinning so‘nggi daqiqalarida Eldor Shomurodov yoki Leonardo Pavolettining o‘rniga hujumchi sifatida qisqa fursat o‘ynatishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, Klaudio Raneri hali “Kalyari” hujum chizig‘ini to‘liq shakllantirib ulgurmadi. Endi tajribali mutaxassis qanlay echim topishini tez kunlarda bilib olamiz.

“Kalyari” A Seriyadagi ilk uchrashuvini 21 avgust kuni Turin shahrida “Torino”ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

Husanov jamoasi Chempionlar ligasi uchun ko‘p gol uradigan hujumchini olyapti

Shomurodov: Messiga hech qanday aloqam yo‘q! (foto)

Premer-liga klubi tez orada o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qiladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!