Shomurodov eng yaxshi futbolchi!

  • 22 dekabr, 2020, 20:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasidan Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tganida genuyalik futbol muxlislari uchun haqiqiy jumboq bo‘lgan Eldor Shomurodov jadallik bilan “Jenoa” tarafdorlari qalbiga kirib bormoqda.

Avvalo, “Jenoa” muxlislari o‘zbek hujumchisining katta summaga transfer qilinganini qiyinchilik bilan qabul qildi. Dastlabki o‘yinlardan keyin Eldor tanqidlarga nishon bo‘lgani ham bor gap. Keyinroq, uni ayrim mutaxassislar ham noto‘g‘ri jamoa tanlaganlikda ayblab, bu transfer o‘zini oqlamasligini iddao qildi.

131890108_4147685285242360_4025541157088522275_o_3

Shunga qaramay, mehnat qilish va maqsadi sari intilishdan to‘xtamagan Eldor Shomurodov “Jenoa”ning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan ham muhimi, o‘zbek legioneri injiqligi va talabchanligi bilan ajralib turadigan italiyalik muxlislar mehrini va ishonchini qozondi.

“Jenoa” ishqibozlarining ijtimoiy tarmoqlarda bildirayotgan munosabatlari, fikr-mulohazalari ham shundan dalolat bermoqda.

An’anaga ko‘ra, “Jenoa” muxlislarining “Benevento”ga qarshi o‘yindan keyin Shomurodov haqidagi pozitsiyalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

132044343_4157701147574107_8280140097063755075_o_1

Tommaso Fabiano:

Shomurodov – jamoada faollik ko‘rsatayotgan kam sonli fubolchilardan biri. Qolganlardan farqli o‘laroq, bu gal ham raqib darvozasi tomon ikkita zo‘r zarba yo‘lladi.

Beppino Bellone:

Shomurodov  va Destro bir birini yaxshi tushunib o‘ynayapti. Mattianing Eldorga to‘pni tashlab bergani muvaffaqiyatli chiqdi. O‘tgan o‘yinda Mattia Eldorning murakkab zarbasidan so‘ng, “Milan” darvozasini ishg‘ol qilgandi. Hujumchilar yaxshi o‘ynayapti. Mag‘lubiyatda ularni ayblab bo‘lmaydi. “Benevento” bilan o‘yinda ham ularni yarim himoyachilar qo‘llab-quvvatlay olmadi.

Enzo Sbarbini:

Maran o‘yinchi almashtirishda hammani hayron qoldiryapti. Nega u maydonda eng yaxshi o‘ynayotgan Shomurodovni zaxiraga oldi?

Mirko Boagno:

“Milan” bilan durangdan keyin g‘alabaga umid uyg‘ongan edi. Lekin ishonchimiz so‘ndi. Shomurodov so‘nggi ikki o‘yinda yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi.

132067714_4157702437573978_768337300638488496_o

Marco Santoni:

Shomurodov zo‘r o‘ynayapti. Destro ham bor mahoratini ko‘rsatishi kerak.

Alberto Marchese:

Shomurodov xavfli vaziyatlar yaratdi, kuchli zarbalar berdi, shunga qaramay, uni almashtirishdi. O‘yinni qutqarish kerak bo‘lgan paytda shunday qaror qabul qilishdi. Unga etarlicha baho berishmayapti!

Andrea Bottero:

Jamoa hujumda rasvo o‘ynadi. Bunaqada Shomurodov ham hech narsa qila olmaydi.

Luca Carpi:

Shomurodovning to‘liq o‘ynashiga qo‘yib bering. Nega Maran uni doim almashtiraveradi? Eldor “Jenoa”da eng yaxshi o‘ynayotgan futbolchi-ku!

132060279_4157701000907455_6318613193909933252_o_1

Buyog‘iga "Jenoa"da jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi. Chunki klub rahbariyati bosh murabbiy Rolando Maranni iste’foga chiqarishga qaror qilgan. Balki endi o‘zbekistonlik muxlislar qatori genuyalik ishqibozlar ham kutganidek Eldor Shomurodovga etarli o‘yin vaqti berilar. Zero, Eldor Shomurodov asosiy tarkibda to‘liq o‘ynashga loyiq futbolchi ekanini isbotlab bo‘ldi. 

O‘yiniga yuqori ball berilgan Shomurodov maydonda eng yaxshisi edi, lekin...

“Jenoa” muxlislari Shomurodovga shart qo‘ydi!

Shomurodov asosiy tarkib hujumchisi ekanini isbotladi!

Ronalduga o‘yin bermagan Shomurodov bugungi to‘qnashuvda engilmas “Milan”ni to‘xtatishi kerak!

Shomurodov haqida tanqidchilar fikrini o‘zgartiradigan 11 fakt!

Eldor Ronaldu bilan uchrashuvga tayyor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!