
Shomurodov ham ular qatorida bo‘lishini istardik
“Roma” hujumchisi Temmi Abraxam Evropa ligasining guruh bosqichi beshinchi turida Finlyandiyaning XIK jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi.
Angliyalik futbolchi bu goli orqali “Roma”ning xalqaro miqyosidagi to‘purarlari qatoriga qo‘shildi. XIK jamoasi darvozasidan joy olgan to‘p Abraxam uchun rimliklar safida Evrokuboklardagi 10 gol bo‘ldi.
Temmigacha bu marrani “Roma”ning besh nafar futbolchisi zabt etgan.
Reytingni bosniyalik hujumchi Edin Jeko boshqarib turibdi. Uning hisobida xalqaro turnirlarda kiritilgan 32 ta gol bor. “Roma” afsonasi Franchesko Totti 22 ta to‘p bilan ikkinchi pog‘onada mustahkam joylashgan.
Temmi Abraxam yaxshilab harakat qilsa, o‘zidan oldinda turgan Daniele De Rossi (11 ta gol), Mirko Vuchinich (10 ta gol) va Antonio Kassano (10 ta gol) kabi futbolchilardan o‘zib ketish imkoniyatiga ega.
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari esa, Eldor Shomurodovni ham “Roma” to‘purarlari orasida ko‘rishni istaydi. Lekin mavsum davomida bir necha o‘yinda arzimagan daqiqalarga maydonga tushayotgan hujumchi uchun e’tiborga molik natija qayd etishning imkoni yo‘q.
Fikrlar