Shomurodov italiyaliklar e’tiboriga qanday tushgan?
So‘nggi yarim yilda Italiya klublari Rossiya chempionatidagi eng mashhur futbolchilarni transfer qilayotgani kuzatilmoqda. Yozgi transferlar mavsumida “Atalanta” Aleksey Miranchukni, “Jenoa” Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Qishki transferlarning eng shov-shuvli yangiligi esa, “Spartak”da tanqidlar ostida qolgan hujumchi Aleksandr Kokorinning “Fiorentina”ga o‘tayotgani bo‘ldi.
“Spartak”ning yaqin o‘tmishdagi mashhur futbolchisi Valeriy Shmarov bu transfer haqida fikr bildirib, Rossiya chempionatidagi o‘yinchilar italiyaliklarning e’tiboriga qanday tushganini ham gapirdi.
- Aleksey Miranchuk “Yuventus”ga gol urganidan keyin italiyaliklar unga e’tibor qaratishdi. Eldor Shomurodov esa O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi samarali o‘yinlari bilan hammani o‘ziga qaratdi. Aleksandr Kokorinni esa, avvaldan yaxshi tanishadi va eski xizmatlari evaziga olishyapti, - dedi Valeriy Shmarov.
Fikrlar