
Shomurodov "Kalyari" safida nechanchi raqam ostida harakat qiladi?
"Kalyari" klubi yangi mavsum uchun o‘z futbolchilarining raqamlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Eldor Shomurdov 61-raqam ostida harakat qiladi.
Shomurovning sevimli 14-raqami jamoaning asosiy yarim himoyachilaridan biri Allesandro Deyolaga tegishli. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi "Roma"dan ijara asosida "Kalyari"ga o‘tdi. U sardiniyaliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolashi mumkin va bu transfer klubga 9 million evroga tushadi.
Fikrlar