Shomurodov Kannavaro hamda bo‘lajak Jahon chempionati haqida gapirdi

  • 10.03.2026 07:44
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Turkiyaning "Istanbul Boshakshеhir" hujumchisi Eldor Shomurodov Kun.uz YouTube kanaliga katta intervyu berdi. Futbolchi suhbat davomida Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yangi murabbiyi Fabio Kannavaro hamda boʻlajak Jahon chempionati haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

Fabio Kannavaro haqida:

"Fabio Kannavaro ajoyib inson va murabbiy. Menimcha, u nafaqat terma jamoaga, balki butun Oʻzbekiston futboli rivojlanishiga ham katta hissa qoʻshadi. Chunki u koʻp narsani oʻzgartiryapti, yangilayapti va oʻrgatyapti. Shuningdek, Fabio Yevropa futboli qanday ekanini, Oʻzbekiston undan qanchalik ortda ekanini ham koʻrsatib beryapti."

Jahon chempionati haqida:

"Bizda oʻzimizni koʻrsatish uchun hamma narsa yetarli. Oʻzbekistondan hech kim Jahon chempionatida gʻalaba qozonishimizni kutayotgani yoʻq. Shuning uchun bor kuchimiz bilan muxlislarimizni xursand qilish uchun oʻynaymiz", — dedi Shomurodov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!