Shomurodov muxlislari o‘qisin: Bular aniq fakt!

  • 21 avgust, 2023, 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kuchli beshlik chempionatlari orasida o‘ziga xos murakkabligi bilan ajralib turadigan A Seriya ham boshlandi. Bu chempionatda kuchli beshlikning qolgan vakillaridan farqli ravishda yaqqol ustun bo‘lgan jamoa yo‘q.

Angliyada “Manchester Siti”, Germaniyada “Bavariya”, Ispaniyada “Real” va “Barselona”, Frantsiyada PSJ har mavsum chempionlikka asosiy nomzod bo‘lib qolaveradi. Boshqa jamoalar harchand qarshilik ko‘rsatmasin, mavsum oxirida bosh sovrin aynan yuqorida nomi keltirilgan klublar hisobiga o‘tib ketaveradi. jamoalar hisobiga

Italiya chempionatida undan emas. Skudetto uchun har yili bir necha jamoa, xususan, “Inter”, “Milan”, “Yuventus”, “Napoli” kurash olib boradi. Bu mavsum “Atalanta”, “Roma” va “Latsio”dan ham syurprizlar kutish mumkin.

Kuchli beshlik chempionatlarini alohida qiziqish bilan kuzatib boradigan o‘zbekistonlik futbol muxlislari bu mavsum “Kalyari”ga ishqibozlik qiladi.

vsp_9783_esu_gruppo

Sababi oddiy – bu jamoada milliy terma jamoamiz sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodov to‘p tepadi.  

O‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra, pley-off orqali A Seriyaga chiqqan “Kalyari”ning yangi mavsumdagi asosiy vazifasi yuqori diviziondagi o‘rnini saqlab qolish va Italiya kubogida imkon qadar uzoqroq borishdan iborat.

Sports.uz portali muxlislar e’tiboriga Eldor Shomurodov va “Kalyari”ga oid qiziqarli faktlarni havola etadi.

1-fakt: “Kalyari” yangi mavsum uchun 30 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Transfer oynasi yopilguniga qadar bu ko‘rsatkich o‘zgarishi mumkin.

2-fakt: 30 nafar o‘yinchidan 16 tasi jamoaga yangi qo‘shildi. Ular orasidan etti nafari boshqa klublardan sotib olindi, sakkiz nafari ijaradan qaytdi. Eldor Shomurodov “Roma”dan, Gaetano Oristanio “Inter”dan ijaraga olindi.

3-fakt: Tarkibning 43,3 foizini legionerlar tashkil qiladi.

4-fakt: Bu mavsum “Kalyari” tarkibida mahalliy futbolchilardan tashqari Serbiya, Slovakiya, Braziliya, Gana, Urugvay, Kongo, Xorvatiya, Gretsiya, Chexiya, Peru, Angola hamda O‘zbekistondan kelgan o‘yinchilar to‘p tepadi.

5-fakt: Asosiy tarkibning umumiy transfer narxi 49,33 million evroni tashkil qiladi.

6-fakt: “Kalyari”ning eng qimmatbaho o‘yinchisi sifatida Eldor Shomurodov qayd etilgan. Uning transfer summasi 6 million evroga teng.

7-fakt: “Kalyari”ning eng arzon o‘yinchisi zaxira darvozaboni Simone Aresti hisoblanadi. 37 yoshli pozbonning transfer narxi 75 ming evroni tashkil qilmoqda.

8-fakt: “Kalyari” safida Evropa, Janubiy Amerika, Afrika va Osiyo qit’asidan o‘yinchilar jamlangan.

9-fakt: Eldor Shomurodov “Kalyari” tarkibidagi yagona osiyolik futbolchi.

10-fakt: Eldor Shomurodov uchun “Kalyari” A Seriyadagi to‘rtinchi jamoa. Bungacha legionerimiz “Jenoa”, “Roma” va “Spetsiya”da o‘ynagan.

11-fakt: Eldor Shomurodov Italiyada o‘zi o‘ynagan jamoalar “Jenoa”, “Roma” va “Spetsiya”da A Seriyada gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Endi navbat “Kalyari”ga.

4f5fbe53d8ad1b24046432d3970746d68c068733-16x9-x0y75w800h450

Eslatib o‘tamiz, Klaudio Raneri shogirdlari Italiya chempionatidagi dastlabki uchrashuvini 21 avgust kuni Turinda “Torino”ga qarshi o‘tkazadi. Bu bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.   

Mashhur futbolchi: O‘g‘lim Shomurodovga muxlislik qilyapti!

Shomurodov birinchi turda o‘ynaydimi?

O‘zbek futbolchisi: “Yuventus” taklifini qabul qilmaganim katta xato bo‘ldi!

Taniqli legionerimiz: Meni Anchelotti mashg‘ulotga jalb qildi!

Legionerimiz: “Bordo”, “Feyenoord”ga borganman, lekin meni “Yuventus” oldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!