Shomurodov noyob talant!

  • 23 yanvar, 2022, 21:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyada 23-tur uchrashuvlarida davom ettirilmoqda. Italiya kubogini g‘alaba bilan boshlab olgan Joze Mourino shogirdlari endi bor e’tiborini yaxshi kayfiyat bilan A Seriya o‘yinlariga qaratadi.

Tecno

roma

“Roma” mazkur turda “Empoli” mehmoni bo‘ladi. Raqib Italiya chempionatida o‘z oldiga yuqori maqsadlari qo‘ya olmaydigan o‘rtamiyona jamoa. Shu bois, ko‘pchilik rimliklar safardan g‘alaba bilan qaytishiga ishonch bildiryapti.

Qolaversa, o‘zaro o‘yinlar statistikasi ham poytaxtlik “bo‘rilar”ning ustunligidan dalolat beradi. Shu paytga qadar bu ikki jamoa A Seriya va Italiya kubogida 31 marotaba to‘qnash kelgan. Shulardan 21 tasida “Roma” zafar quchgan. Yana oltita bahsda kuchlar teng kelgan bo‘lsa, “Empoli” o‘z maydonida to‘rtta uchrashuvda kichik farq bilan g‘alaba qozongan.

“Empoli”ning “Roma” ustidan so‘nggi g‘alabasi 2007 yilning 17 fevralida qayd etilgan.

Bo‘lajak bellashuv oldidan “Roma” muxlislari Italiya kubogi doirasidagi bahsda “Lechche” darvozasini ishg‘ol qilgan Eldor Shomurodovga Joze Mourino tomonidan ko‘proq o‘yin amaliyoti berilishini kutmoqda.

Sports.uz portali “Roma” muxlislarining klub ijtimoiy tarmoqlarida Shomurodov haqida qoldirgan fikrlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qilishda davom etadi.

esult_gol_-Shomurodov_AB03068-1-758x505

Sara Cavicchia

Shomurodov – “qotil” hujumchi. Unga maydonga moslashishi va gol urishi uchun 20 daqiqa kifoya. Bir necha hafta muqaddam “Sampdoriya” bilan o‘yinda ham shunday bo‘lgandi. Mana “Lechche”ga qarshi bahsda ham shu holat takrorlandi. Tarkibda har qanday holatda maydonga tushib, o‘z goli bilan vaziyatni o‘zgartirib yuboradigan o‘yinchining borligi bosh murabbiyning yutug‘idir.

Giuseppe Giunco:

Yaqinda Joze Mourino Shomurodovni hammaga tanqid qilgandi. Eldor zaxiradan tushib, gol urdi. Joze o‘z hujumchisini qadrlamayapti.

Andrea Angelini:

Qishki transferlar vaqtida Borxa Mayoralning javobini berib, Shomurodovni olib qolganimiz to‘g‘ri bo‘ldi. Bu ikki hujumchidan faqat Eldorgina Mourino qo‘llayotgan tizimda o‘zini ko‘rsata oladi. Navbatdagi gol bunga dalil bo‘ladi.

Luca Betti (Andrea Angelini fikriga javoban):

Mourino o‘zbek hujumchisiga ko‘proq ishonch bildirsa yomon bo‘lmasdi. Menimcha, agar Shomurodov muntazam boshlang‘ich tarkibda o‘ynaganidan Temmi Abraxamdan ko‘p gol urgan bo‘lardi.

Gennaro Di Michele:

Eldor zaxiradan tushib, ikkita gol va ikkita assis muallifi bo‘ldi. Bu juda noyob taland. Zaxiridan o‘yinga qo‘shilib, jamoasini kuchaytira oladiganlar juda kam.

Debby De Pasquale:

Shomurodovning so‘nggi o‘yindagi muvaffaqiyati asosiy tarkibga yo‘l ochishiga umid qilaman. Men uni Abraxamdan hech bir jihati bilan qolishmaydi, deb hisoblayman. Angliyalik hujumchi qimmatga olingani uchun doim boshlang‘ich tarkibda o‘ynayapti.

Giovanni Loiacono (Debby De Pasquale fikriga javoban):

Fikringizga qo‘shilaman. Men kelasi yozda qaysidir Angliya klubi Temmi Abraxamni sotib olishini kutyapman. Ana shunda Shomurodov asosiy hujumchiga aylanadi va superto‘purar sifatida o‘zini ko‘rsatadi.

Andrea Zarlenga:

Shomurodovning o‘yini yoqdi. Gol urgani uchun emas. O‘yinga zo‘r qo‘shila olar ekan. Ko‘p pressing qo‘lladi va himoyaga katta yordam berdi.

orig_570867

Italiya A Seriyasining 23-turidan o‘rin olgan “Empoli” va “Roma” o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23 yanvar kuni soat 22:00da boshlanadi.

“Roma” va Shomurodovdan 18 ta fakt!

Mourino, Shomurodovga maydonda munosib joy topib ber!

O‘runovni rasmiy o‘yinlarda kutinglar!

Shomurodov o‘zgardi!

Mourino avjida. U yana bir futbolchiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi!

“Roma” hujumchidan voz kechib, yangi futbolchi transferini e’lon qildi!

Shomurodov Ronaldu va Serxio Ramos qatoriga qo‘shildi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!