Shomurodov Ronaldu va Serxio Ramos qatoriga qo‘shildi!

  • 21 yanvar, 2022, 07:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xorij matbuoti Joze Mourino xatti-harakatlarini tahlil va tanqid qilishni yaxshi ko‘radi. Yaqinda portugaliyalik mutaxassis “Yuventus”dan uchralgan alamli mag‘lubiyatda Eldor Shomurodovni ayblaganidan so‘ng, chet ellik jurnalistlar Mourino faoliyatiga nazar solib, bu mutaxassis tanqidiga va g‘azabiga duchor bo‘lgan futbolchilar va ularga nisbatan aytilgan achchiq gaplarni muxlislarga eslatib o‘tdi.

Hozirgi paytda Joze Mourinoning o‘zini muvaffaqiyatli murabbiylar safiga qo‘shmay qo‘yishdi. U anchadan beri nufuzli turnirlarda yutmay qo‘ygan. Oxirgi sovrinlar – Angliya futbol ligasi kubogi va Evropa ligasi bosh sovrinini 2017 yili “Manchester Yunayted”da ishlagan vaqtda qo‘lga kiritgan.

Mutaxassislar portugaliyalik mutaxassis keyingi paytda mag‘lubiyatlar uchun aybni futbolchilarga ag‘darayotgani va shogirdlarini omma oldida tanqid qilayotganiga alohida e’tibor qaratdi. Hozircha, Mourino tanqidiga uchragan oxirgi futbolchi Shomurodov bo‘lib turibdi. Bu borada hamyurtimiz Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramos qatoriga qo‘shildi. Mourino Madridda ishlagan paytda “Real”ning bu ikki etakchisi bilan bir necha bor to‘qnashgani haqida ma’lumotlar keltirilyapti. Hatto, “Qirollik klubi”ning mashhur darvozaboni Iker Kasilyas aynan Joze tufayli qadrdon klubini tark etishga madbur bo‘lgan ekan.

rue7486f8206e

Sports.uz portali Mourinoning o‘z shogirdlarini qay tarzda omma oldida tanqid qilganini e’tiboringizga havola etadi:

Pepe

Pepening yagona muammosi – Varan. 31 yoshli o‘yinchi o‘zini 19 yashar o‘smir zaxiraga mixlab qo‘yganini hazm qilish qiyin. Lekin hayot qonuni shunday.

Rikardu Karvalyu

Karvalyuning narsalarni anglash borasida muammo bor. U aqliy testdan o‘tishi yoki jinnixonaga borishi kerak.

Eden Azar

Edenga o‘xshaganlarning izohi bu normal holat. Chunki u jamoa uchun o‘zini qurbon qiladigan o‘yinchi emas. Azar etarlicha ma’naviy tayyorgarlikka ega emas.

Pol Pogba

Sen o‘ynamayapsan, futbolchi va muxlislarni hurmat qilmaysan. Atrofidagi yaxshi va adolatli odamlarning mentalitetini o‘ldiryapsan. Sen yopiq xonada gripp bo‘lgan odam kabisan – virusingni boshqalarga yuqtiryapsan.

812201865253_skysportsmourinhopogba_4387557

Tangi Ndombele

Ayrimlar hozir qanaqa ligada o‘ynayotganini tushinib ketgani yo‘q. Jamoaning zarariga bu o‘yinchiga boshqa imkon bera olmasligimni uning o‘zi anglab etishi kerak.

Lyuk Shou

Shou ko‘z oldimda o‘ynadi va u uchun faqat men qaror qabul qildim. Bizga uning jismoniy va texnik ustunliklari kerak, lekin u har joim mening aqlim bilan o‘ynay olmaydi.

Genrix Mxitaryan

U mavsumni zo‘r boshladi. Keyin sochilib ketdi. O‘yini pastlab bormoqda. Etarli, boshqa futbolchilar o‘z imkoniyatiga ega bo‘lish uchun qo‘shimcha ishlamoqda.

Eldor Shomurodov

70 daqiqa davomida o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Jamoa juda zo‘r o‘ynadi. Biroq 70-daqiqadan so‘ng psixologik nosozlik ro‘y berdi. Afena-Gyan ajoyib o‘yin o‘tkazdi, lekin uni almashtirgan futbolchi (Eldor Shomurodov) hammasini noto‘g‘ri qildi. U maydonga tushgan ilk daqiqadan xato qila boshladi. Raqib hisobni 3:2 ga qisqartirganida biz tamom bo‘ldik.

italian-serie-football-match-as-roma-vs-uc-sampdoria-rome-italy-december-th-eldor-shomurodov-score-goal-celebrates-237409349

Ta’kidlash joizki, Mourinoning achchiq gaplariga nishon bo‘lganlar aksariyati o‘z davrining mashhur o‘yinchilari va ular jahon futbolida o‘z so‘zini ayta olgan futbolchilardir. Shu ma’noda, Eldor Shomurodov ham samarali o‘yinlari bilan Jozening tanqidiga munosib javob qaytara olishiga umid qilamiz.

“Real” Mourino kutgan ikkita supertransferni blokladi

Shomurodovga yaxshi xabar!

Shomurodov oldida yangi sinov, balki endi ishi yurishar?

Mourino avjida. U yana bir futbolchiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi!

Rasman: Shomurodovning sobiq jamoasi “Roma”dan futbolchi oldi

“Roma” hujumchidan voz kechib, yangi futbolchi transferini e’lon qildi!

Mourino shogirdlarini kechirmadi. “Roma” asosiy tarkib o‘yinchilaridan voz kecha boshladi!

“Roma”da yaxshi yangilik!

“Yuventus” “Roma” hujumidan futbolchi oladi. U kim ekan?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
22/01/2022 13:29
Бу Жозе (Жозил) ни отаси узбек булса керак?
&
Абдурахмон лидер
20/01/2022 21:56
Эхххххх