Shomurodov Olimpiadada nima alam qilgani va endi kimga muxlislik qilishini aytdi

  • 1 avgust, 2024, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbolchilar mamlakatimiz tarixida ilk bor yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etdi. Natija muxlislar kutganidek bo‘lmadi. Nafaqat sport ishqibozlari, balki futbolchilarimizning o‘zlari ham musobaqani erta tark etishni kutmagan edi. Ular vatanga medallar bilan qaytishni maqsad qilgandi.

Tecno

Nima ham derdik, eng muhimi, yana bir yirik musobaqa zabt etildi va endi ishtirok etmaganimiz faqatgina jahon chempionati qoldi.

Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasiga sardorlik qilgan Eldor Shomurodov sportarena.kz saytiga intervyu berib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Sports.uz portali ushbu suhbatni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

- Olimpiadadan aralash hissiyotlar qoldi. “Park de Prens” stadionida o‘ynao‘ juda yoqimli bo‘ldi. Alamlisi, biz bundan ko‘prog‘iga qodir ejik. Qaerdadir tajriba etishmadi.

Hechqisi yo‘q, bundan keyin ham ishlashda davom etamiz. Hali Olimpiadalarda yana o‘ynaymiz, deb umid qilaman.

- Hozir futbol qaerda zo‘r – O‘zbekistondami yoki Qozog‘istonda?

- Buni shunchaki ayta olmaymiz. Yaxshisi, muxlislarning o‘zi baho bersin.

- “Zenit”da Nurali Alip o‘ynayapti...

- Himoyachi shekilli, shundaymi? U haqda eshitdim. Yaxshi o‘yinchi.

- Olimpiadada o‘zbek bokschilarining ishtiroki haqida nima deya olasan?

- Biz ulardan har doim g‘alabalar kutib kelamiz. Ular Olimpiya o‘yinlarida ham g‘olib chiqishiga umid qilaman.

Bahodir Jalolov birinchi bo‘lib ikki karra olimpiya chempionligini qo‘lga kiritishini istayman.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Parij Olimpiadasining guruh bahslarida Ispaniya va Misr futbolchilariga imkoniyatni boy berdi. So‘nggi uchrashuvda hamyurtlarimiz Dominikan Respublikasi vakillari bilan durang o‘ynadi.

Yosh futbolchilarchilarga yordam berish uchun Olimpiya o‘yinlariga jalb etilgan Eldor Shomurodov uchta uchrashuvda ishtirok etib, terma jamoamizning har ikki goliga hissa qo‘shdi. Dastlab, penaltidan Ispaniya terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgan hujumchi, so‘nggi uchrashuvda Alisher Odilovga golli pas uzatdi.

Endi Shomurodov “Roma”ga qaytib yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettiradi. Eldor yangi mavsumni qaerda davom ettirishi hozircha ma’lum emas.

29 yoshli forvardimizga “Jenoa”, “Kalyari”, “Parma” va “Venetsiya” qiziqish bildirayotgani haqda ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Eldor Shomurodov 2020 yilning oktyabridan beri Italiya chempionatida to‘p tepmoqda. “Jenoa”, “Roma”, “Spetsiya”, “Kalyari” jamoalarida faoliyat yuritgan hujumchimiz A Seriyada 102 ta uchrashuvda 15 ta gol va 9 ta assist qayd etgan.

Shomurodov Italiya kubogida to‘rtta bellashuvda qatnashib, bittadan gol va golli uzatma muallifi bo‘ldi.

“Roma”dagi jamoadoshlari bilan UEFA Konfederatsiyalar kubogining ilk g‘olibiga aylangan hamyurtimiz “bo‘rilar” tarkibida xalqaro maydonda jami 13 ta uchrashuvda ikkita to‘p kiritgan va bir juft assist rasmiylashtirgan.

Eldorning poytaxt klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etishi belgilangan.  

Parijda o‘ynagan futbolchimiz Evropaning mashhur klubiga o‘tishi kutilyapti

Yangi legionerimizdan nimalar kutishyapti?

Fayzullaevning vazifasi va Misrni engish yo‘li aytildi

Evropaliklarga Abduqodir Husanovning o‘yini yoqyapti

Ispanlar O‘zbekiston muammo tug‘idirishini kutmagandi, Misr bilan o‘yin esa...

Fayzullaev xorijdan yaxshi takliflar oladi, agar...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Duvlan
01/08/2024 09:16
Гол уришни билмайдиган ўйинчиларга ҳеч қатта қизиқиш (жой)бўлмийди
&
Азизжон
31/07/2024 21:36
Маврни согиндизлами расмини куйибсила каердаги бахоналарни йигиштирингла бирортанг 7.2метр варатага тепишни билмайсан ВАТАН туйгусини 0000 нооол санладан кура мани махалламни йигитлари Зур уйнайди ахир профессиональку хамманг сенлрада хам 1табош 2таку́л 2таоёг бор ракибда хам шунака эсиз санлага кетган маблаг