Shomurodov terma jamoa olib bergan ekonom chiptasini biznes-klassga almashtirmoqchi bo‘ldi va shunday gap eshitdi: O‘zi sizni pulingiz bormi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodovning rasmiy vakili Qaxxor Mo‘minov Rossiyaning eng mashxur sayti sports.ru ga bergan intervyusida o‘z mijozini doim ham tanishmasligini ta’kidlab o‘tdi.

"Terma jamoaning o‘yini bor edi. Shomurodov Moskva orqali yo‘lga chiqdi. Eldorning beli og‘riyotgan edi, terma jamoa esa unga ekonom chiptasini xarid qilgandi.

Ushbu chiptani biznes-klassga almashtirishni xohladi va yana qancha to‘lashi kerakligini so‘raganida, unga javoban: 28 ming rubl. O‘zi sizni pulingiz bormi?

Ha, Moskvada shunday holatlar bo‘ladi. Rostovda esa ishlar boshqacha, u erda selfi va dastxatlarsiz 5 daqiqa ham yurib bo‘lmaydi," - dedi Mo‘minov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухарский
16/10/2019 15:18
Terma jamoa ekonomni olib beribdi. o'sha bizness klassni olib bersa bo'lmasmidi? uyat!