
Shomurodov tushib, o‘yinda burilish ro‘y bergan bahsdan keyin “Bashakshehir” ustozi nimalar dedi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari – Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaevni o‘z safiga qo‘shib olgan Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi UEFA Konferentsiyalar ligasida g‘alabali seriyasini davom etmoqda.
Konferentsiyalar ligasining saralash turniri ikkinchi bosqichida Bolgariyaning “Cherno More” jamoasini ikki uchrashuvda 1:0 va 4:0 hisobida mag‘lub etgan istanbulliklar uchinchi raundda Norvegiyaning “Viking” klubiga ro‘baro‘ keldi.
Raqib maydonida o‘tkazilgan birinchi uchrashuv mezbonlar uchun muvaffaqiyatli boshlandi. “Viking” futbolchilari turk jamoasi himoyachilari xatosidan foydalanib, dastlabki daqiqalardan hisobni ochdi.
Bellashuvning qariyb bir soati davomida Chag‘dash Atan shogirdlari vaziyatni o‘zgartira olmadi. Bosh murabbiy maydonga ikki hujumchi – germaniyalik Devi Zelke va o‘zbekistonlik Eldor Shomurodovni tushirdi. Qolgan daqiqalarda turklar mezbonlar darvozasini uch bor ishg‘ol qilib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi – 3:1.
O‘yindan keyin Chag‘dan Atan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Sintetik maydonda bunaqa muhitda o‘ynash juda qiyin. Birinchi bo‘limda biz o‘yin tempini ushlab turishga harakat qildik. Dastlab, gol urishimiz uchun juda qulay vaziyatlar yuzaga kelgan edi, lekin bundan foydalana olmadik. Brnich va Da Koshta yuz foizlik golli vaziyatlarni boy berdi.
Ikkinchi bo‘limni ham juda bo‘sh boshladik. 5-10 daqiqa ishlarimiz yurishmadi. Lekin standart vaziyatlarda juda yaxshi himoyalandik.
O‘yinda burilish yasash uchun jismonan baquvvat futbolchilar – Devi Zelke va Eldor Shomurodovni maydonga tushirdik. Keyinroq ular qatoriga Umar Faruk va Umut qo‘shildi. Birinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Denis Tyuryuch hisobni tenglashtirdi.
Biz haqiqiy jamoaviy o‘yin ko‘rsatdik. Bugun asosiy qurolimiz jasorat bo‘ldi. Xatodan keyin jasorat ko‘rsatishni ham bilish kerak. Biz xato qildik, lekin shijoatimizni yo‘qotganimiz yo‘q. Hisobda oldinga chiqib olganimizdan keyin ham kurashni davom ettirdik.
Hali hammasi tugagani yo‘q. Oldinda juda murakkab uchrashuv kutib turibdi. Biroq biz ustunlikka ega bo‘ldik. Javob uchrashuvida ham ijobiy natijani qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga chiqishni istaymi.
Evropa jamoalari Konerentsiyalar ligasini intizorlik bilan kutadigan bo‘ldi. Turnir borgan sari qiyinlashib boryapti. Biz asta-sekn bo‘lsa-da, oldinga intilishimiz kerak. Maqsadlarimiz juda jiddiy, - dedi 45 yoshli murabbiy Chag‘dash Atan.
“Istanbul Bashakshehir” bir haftadan keyin bo‘ladigan javob uchrashuvini o‘z maydonida o‘tkazadi va har qanday ijobiy natija jamoani keyingi bosqichga olib chiqadi.
Keyingi bosqich o‘yinlarida jamoaga yangi qo‘shilgan Abbosbek Fayzullaev ham “Bashakshehir”ga yordam bera oladi.
Fayzullaevning salohiyatini ko‘rdik! “Bashakshehir” ustozi Abbos haqida yana nimalar dedi?
“Manchester Siti” Husanovni tanladi
Husanovni so‘rayotgan klublar bor, lekin...
Husanov, do‘stingni tabriklab qo‘y!
Hammasi tugadi! Husanovning ustozidan noxush xabar
Fayzullaev nega Evrokuboklarda o‘ynamayapti?
Gvardiola Husanov “g‘ajib tashlagan” yulduzni olib kelmoqchi
Fikrlar